Samarqand viloyatining sobiq hokimi Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Samarqand viloyati sobiq hokimi Erkinjon Turdimov lavozimidan ketishidan 2 kun avvalgi yig‘ilishida Samarqand shahrini avtomobillar shahridan odamlar shahriga aylantirishni ta’kidladi. “Samarqand shahrini odamlar shahriga aylantirishimiz kerak. Norozi bo‘lsa bo‘lsin mashina egalari”, — dedi Turdimov.
2018-yildan beri Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov prezident farmoni bilan lavozimdan olindi. Uning o‘rnini Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan Adiz Boboyev hokim vazifasini bajaruvchi sifatida egalladi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ota-onalar bilan yig‘ilishda ko‘pchilik “hamma yaxshi narsalar mehmonga” tamoyili bo‘yicha yashab, “yerda uxlab yotgan” farzandlarini unutib qo‘yishini aytdi. Ota-onalarning dunyoqarashini o‘zgartirib, bola tarbiyasiga e’tibor qaratish lozim, dedi u.
“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov moddiy manfaat evaziga bemorlarga kerak bo‘lmagan dori yozish holatlarini tanqid qildi. U viloyat sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va standartni chetlab o‘tib retsept yozib bergan xodimlarni ishdan olish haqida ko‘rsatma berdi.
Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.
Prezident Samarqand viloyatida elektr taqchilligi 2022-yildagidan ko‘proq bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. U viloyat hokimi va uning o‘rinbosari, shuningdek, energetika vazirining birinchi o‘rinbosarini tanqid qildi. “Qishda svet o‘chganda hech kim Turdimov demaydi, Mirziyoyev qayoqqa qarayapti, deydi”, — dedi u.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovni «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Samarqandga tashrifi chog‘ida Shavkat Mirziyoyev an’anaga ko‘ra, Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Unga muftiy Nuriddin Xoliqnazarov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qildi. Qolaversa, davlat rahbari Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan ham tanishdi. Bu yerda qariyb 10 ming kishilik masjid, 4ta minora, ayvonlar, yerostida galereyasi barpo etilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Ishtixon tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqaro Oybek Madatovning murojaatini eshitdi. Hokim unga nogironlik aravachasi va sigir berdi, shuningdek, poyabzal ustaxonasi qurib berishga va uyini ta’mirlash bo‘yicha topshiriq berdi. Viloyat hokimi Oybek Madatovni uylantirish bo‘yicha ham ko‘rsatma berdi. Oradan 5 kun o‘tib bularning barchasi amalga oshdi.
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.
Qon bosimi ko‘tarilganligi bois, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov o‘z sog‘ligini tiklash maqsadida qisqa muddatli davolanish ta’tiliga chiqdi.
Samarqand viloyatida «Avtomashinasiz 10 kun» aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taklifiga binoan 11 noyabrdan 21 noyabrgacha hokimlardan tortib, byudjet tashkilotlari rahbar va xodimlari ishga piyoda borib keladi. Velosiped yoki jamoat transportidan ham foydalanish mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting